Oʼzbekiston va АQSh transport-logistika hamkorligi: strategik sheriklikning yangi bosqichi
Oʼzbekiston va Аmerika Qoʼshma Shtatlari oʼrtasidagi munosabatlar soʼnggi yillarda yangi bosqichga koʼtarilmoqda. Bugungi hamkorlik transport-logistika, aviatsiya, infratuzilma, raqamli texnologiyalar, moliyaviy xizmatlar, sanoat kooperatsiyasi va xalqaro transport yoʼlaklarini rivojlantirish kabi strategik yoʼnalishlarni qamrab olmoqda.