O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya biznes federatsiyasi – “Keydanren” raisi Takeshi Xashimoto hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbar va vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdi.
18-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya biznes federatsiyasi – “Keydanren” raisi Takeshi Xashimoto hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbar va vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdi.
«Yaponiya biznes federatsiyasi – “Keydanren” raisi janob Takeshi Xashimoto hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbar va vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Davra suhbatida “Mitsui O.S.K. Lines”, “Sojitz”, “All Nippon Airways”, “Shimizu”, “JETRO”, “Sumitomo”, “JBIC”, “Toyo Engineering”, “Toyota Tsusho”, “Marubeni”, “Mitsui”, “Mitsubishi” va boshqa yirik yapon kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston–Yaponiya iqtisodiy hamkorligini yanada kengaytirish, yapon kompaniyalarining mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.
Energetika, transport va logistika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash kabi sohalardagi yangi imkoniyatlarga alohida to‘xtaldik.
Bugungi ochiq va amaliy muloqot yapon biznesi bilan hamkorligimizni aniq loyihalar va yangi tashabbuslar bilan boyitish uchun muhim qadam bo‘ldi».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston tashabbuslari turkiy davlatlar hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda
Oʼzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori oʼrinbosari Baxtiyor Mustafoev “Dunyo” ААga bergan intervьyusida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2026-yil 30-oktyabr kuni Аnqara shahrida boʼlib oʼtgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi ishtiroki xususida fikr bildirdi.
Pokiston kompaniyasi Yangi Toshkentda yirik koʼchmas mulk va kompleks development investitsiya loyihalarida ishtirok etishi mumkin
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «IMARAT Group» kompaniyasi rahbari Аkbar Shafik bilan muzokara oʼtkazdi.
Özbekiston – Bahrayn siyosiy maslahatlaşuvlarning ilk davrasi Manamada bölib ötdi
2026-yil 1-noyabr kuni Manama şahrida Özbekiston Respublikasi va Bahrayn Podşohligi taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning birinçi davrasi bölib ötdi.