O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan uyushtirilgan hujumlarni keskin qoralab, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
So‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan keskinlikning avj olishi ko‘plab tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelayotgani va jiddiy xavotir uyg‘otayotgani alohida qayd etildi.
Muborak Ramazon oyida ro‘y berayotgan bunday voqealar umuminsoniy qadriyatlarga, xalqaro normalar va davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston yetakchisi fuqarolarimizni Erondan Ozarbayjon hududi orqali xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va yaratilayotgan sharoitlar uchun Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi.
Ozarbayjon Prezidenti, o‘z navbatida, davlatimiz rahbariga do‘stona suhbat va sinovli damlarda ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun alohida tashakkur izhor etdi.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda mahallalar va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish loyihalari taqdim etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bogʻchalar qurish hamda shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Toshkentda texnologik diplomatiya bo‘yicha Osiyo simpoziumi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 14-oktabr kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Global texnologik diplomatiya instituti (Tech Diplomacy Global Institute — TDGI) hamkorligida Texnologik diplomatiya bo‘yicha Osiyo simpoziumi (Tech Diplomacy Asia Symposium) bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga jo‘nab ketdi.