O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi
Tokio shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori Ichiro Takaxara bilan uchrashdi.
Tokio shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori Ichiro Takaxara bilan uchrashdi.
«Neft, gaz va metallar sohasidagi strategik resurslar xavfsizligini taʼminlashga ixtisoslashgan Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori janob Ichiro Takaxara bilan ko‘rishdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, muhim minerallarni o‘zlashtirish va ushbu sohalarga Yaponiyaning ilg‘or texnologiyalarini jalb etish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, mineral xomashyoni boyitish va qayta ishlash, metallurgiya mahsulotlari sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdik».
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda «O‘zbekiston–Yaponiya» parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi bilan uchrashdi
17-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston–Yaponiya parlamentlararo doʻstlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda JICA prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
18-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi “JICA” Prezidenti Akixiko Tanaka bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Yaponiya kadrlar tayyorlash, bandlik va investitsiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
17-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning xorijiy kadrlarni tayyorlash, tanlash va ishga joylashtirishga ixtisoslashgan “Onodera User Run” kompaniyasi Prezidenti Jun Kato bilan uchrashdi.