Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi, shuningdek, ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokidagi tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda ilgari surish va muntazam aloqalarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya biznes federatsiyasi – “Keydanren” raisi Takeshi Xashimoto hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbar va vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda «O‘zbekiston–Yaponiya» parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi bilan uchrashdi
17-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston–Yaponiya parlamentlararo doʻstlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda JICA prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
18-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi “JICA” Prezidenti Akixiko Tanaka bilan uchrashuv o‘tkazdi.