O‘zbekiston va Yaponiya kadrlar tayyorlash, bandlik va investitsiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
17-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning xorijiy kadrlarni tayyorlash, tanlash va ishga joylashtirishga ixtisoslashgan “Onodera User Run” kompaniyasi Prezidenti Jun Kato bilan uchrashdi.
17-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning xorijiy kadrlarni tayyorlash, tanlash va ishga joylashtirishga ixtisoslashgan “Onodera User Run” kompaniyasi Prezidenti Jun Kato bilan uchrashdi.
«Xorijiy kadrlarni tayyorlash, tanlash va ishga joylashtirishga ixtisoslashgan Yaponiyaning “Onodera User Run” kompaniyasi prezidenti janob Jun Kato bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyada ish bilan taʼminlash bo‘yicha kompaniya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdik.
Suhbat davomida O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham yangi taʼlim markazlarini tashkil etish, yoshlarni kasbiy tayyorlash ko‘lamini kengaytirish masalalarini muhokama qildik.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi kadrlar tayyorlash, bandlik va investitsiyalar sohalaridagi hamkorlikni o‘zaro manfaatli yangi loyihalar bilan boyitishga tayyormiz».
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda «O‘zbekiston–Yaponiya» parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi bilan uchrashdi
17-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston–Yaponiya parlamentlararo doʻstlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda JICA prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
18-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi “JICA” Prezidenti Akixiko Tanaka bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi
Tokio shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori Ichiro Takaxara bilan uchrashdi.