O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda «O‘zbekiston–Yaponiya» parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi bilan uchrashdi
17-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston–Yaponiya parlamentlararo doʻstlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi.
17-sentabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston–Yaponiya parlamentlararo doʻstlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi.
«Yaponiyaning taniqli siyosatchisi, O‘zbekistonning yaqin do‘sti janob Taro Aso bilan uchrashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uning Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti va “O‘zbekiston–Yaponiya” parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi sifatida o‘zaro munosabatlarimizni rivojlantirishga qo‘shgan ko‘p yillik hissasini yuksak qadrlaymiz.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishda parlament diplomatiyasining muhim o‘rni alohida taʼkidlandi».
O'xshash yangiliklar
Ruminiya elçisi bilan uçraşuv töğrisida
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Ruminiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Daniyel Kristian Çobanu bilan uçraşdi.
TIV rahbari Daniyaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisidan işonç yorliqlarini qabul qildi
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Lars Tuyesenning işonç yorliqlarini qabul qildi.
TIV rahbari BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili bilan uchrashuvi to‘g‘risida
26-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uçraşdi.