Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili J.Bertran bilan uchrashuv to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, xususan, Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
O'xshash yangiliklar
Mahalla odamlar uchun ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarur
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
24–25-iyul kunlari Samarqand Birodar shaharlar xalqaro forumi ishtirokchilarini qabul qiladi
2026-yil 24–25-iyul kunlari Samarqand shahrida Birodar shaharlar xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.
TIV rahbari Germaniya elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi
15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Huterer bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.