“Og‘ir” tuman va “og‘ir” mahallalarga byudjetdan 3,6 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi
2026- yilning I choragida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar izchil amalga oshirilib, aniq va sezilarli natijalarga erishildi.
2026- yilning I choragida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar izchil amalga oshirilib, aniq va sezilarli natijalarga erishildi.
Xususan, qisqa vaqt ichida 167 ming nafar aholi doimiy ish o‘rinlari bilan taʼminlandi. 737 ming nafar fuqaro daromadlarini oshirishga qaratilgan aniq xizmatlar bilan qamrab olindi, 241 ming nafar norasmiy band aholining mehnat faoliyati legallashtirildi. Bu, eng avvalo, aholi bandligini taʼminlash va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir.
Aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturlar doirasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. “Mehnatsevar ayol” dasturi orqali 26 ming nafar xotin-qizlar, “Barqaror kelajak sari” dasturi doirasida 58 ming nafar yoshlar daromadli mehnat bilan taʼminlandi. Bu esa ijtimoiy himoya va iqtisodiy faollikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan yondashuvning samarasini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, 86 mingta kambag‘al oila bilan manzilli ish olib borilib, “individual rejalar” asosida 105 mingta xizmatlar ko‘rsatildi. Bu orqali ushbu oilalarning barqaror daromad manbalari shakllantirilmoqda.
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy o‘sish va bandlikni taʼminlashning asosiy omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Shu maqsadda jami 35 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, shundan 8 trln so‘m kreditlar tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratildi.
Jumladan, Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 1,2 trln so‘m, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi bo‘yicha 1,3 trln so‘m, “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 1,1 trln so‘m hamda “Mahalla loyihasi” doirasida 4,2 trln so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.
Mahalla darajasida iqtisodiy faollikni kuchaytirish maqsadida 21 mingta mikroloyiha ishga tushirilib, 52 ming nafar aholining daromadlari oshirildi. Bu mahalla iqtisodiyotini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlashning samarali mexanizmiga aylanmoqda.
Ijtimoiy jihatdan og‘ir hududlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, tanlab olingan 37 ta “og‘ir” tuman va 903 ta “og‘ir” mahallaga respublika byudjetidan 3,6 trln so‘m mablag‘lar ajratildi.
Shu bilan birga, “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” maqomi berilgan 33 ta tuman (shahar) va 330 ta mahallaga 4 trln so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi. Bu hududlarda infratuzilmani yaxshilash va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
Qayd etilgan natijalar kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini hamda bu boradagi ishlar aniq natijalar berayotganini yaqqol ko‘rsatadi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.