TIV rahbari Argentinaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Argentina Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrer Viyeyraning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Argentina Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrer Viyeyraning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarning mavjud salohiyatidan yanada samarali foydalanish, siyosiy muloqotni faollashtirish va tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi aloqalarni institutsional asosda mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni ikki tomonlama munosabatlarning asosiy ustunlaridan biriga aylantirish tarafdori ekani qayd etildi.
TIV rahbari elchiga mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.