«Africa House Pakistan» kompaniyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi
O‘zbekistonning Islomobod shahridagi elchixonasi diplomatlari Pokistondagi «Africa House Pakistan» tashkiloti raisi Rexan Yunas bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
O‘zbekistonning Islomobod shahridagi elchixonasi diplomatlari Pokistondagi «Africa House Pakistan» tashkiloti raisi Rexan Yunas bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Unda O‘zbekiston, Pokiston va Afrika davlatlari kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, shuningdek yangi qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida tashkilot rahbari o‘z faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Uning taʼkidlashicha, «Africa House Pakistan» savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, Afrika mamlakatlari bozorlariga chiqishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek Afrika biznes vakillari bilan B2B formatdagi uchrashuvlarni tashkil etish orqali eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni ilgari surishda muhim platforma sifatida faoliyat yuritmoqda.
«O‘zbekiston bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz, – dedi Rexan Yunas. – Xususan, nutritsevtika mahsulotlari, dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar, sog‘liqni saqlashga oid tovarlar, shuningdek kosmetika va teri parvarishi vositalarini qadoqlash hamda qayta ishlash, istiqbolda esa ularni O‘zbekiston hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalarimiz mavjud. Bundan tashqari, O‘zbekistonda Pokiston mahsulotlari, jumladan to‘qimachilik, sport anjomlari, charm buyumlari va boshqa eksportbop tovarlarni ilgari surishga xizmat qiladigan Pokiston savdo uyini tashkil etishni taklif etamiz».
Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni uchinchi davlatlar, xususan Afrika bozorlariga eksport qilishda «Africa House Pakistan» imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, sport sohasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Jumladan, «Africa House Pakistan» rahbariyati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Pokistonda ishlab chiqarilgan professional sport anjomlarini taqdim etishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sport yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida «Africa House Pakistan» hamda O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.