Zamonaviy turar-joy majmuasi qurilishining borishi bilan tanishish bo‘lib o‘tdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshdagi “Sharq bahori” turar-joy majmuasi qurilishini borib ko‘rdi.
justify;">Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va xalqqa Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, joriy yilda 8 million 100 ming kvadrat metr ko‘p xonadonli uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Umuman olganda, so‘nggi to‘qqiz yilda 210 million kvadrat metr turar-joy va noturarjoy obyektlari foydalanishga topshirildi.Yangi Toshkentda ham keng ko‘lamli uy-joy qurilishi jadal olib borilmoqda. Birinchi bosqichda 600 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy infratuzilmani barpo etish rejalashtirilgan. Loyiha yakunlangach, Yangi Toshkent 2 million kishiga mo‘ljallangan ulkan megapolisga aylanadi.
Uy-joyga bo‘lgan ehtiyojni qondirishning birinchi bosqichi “Sharq bahori” majmuasi bo‘ladi. Bu viloyatimizdagi eng yirik uy-joy qurilishi loyihalaridan biri – 95 gektar maydonda qariyb 15 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar barpo etiladi.
Bu yerda bugungi kunga qadar 18 million kvadrat metrdan ortiq qurilish ishlari bajarildi. “A+” energiya samaradorligi sinfidagi zamonaviy materiallardan foydalanilmoqda.
Shuningdek, majmua hududida 15 ming tupdan ortiq daraxt va buta ekishni o‘z ichiga olgan yashil hudud yaratish rejalashtirilgan. Avtonom isitish va sovutish tizimlari o‘rnatiladi, tomlari to‘liq quyosh panellari bilan qoplanadi.
Uylar ostida fuqarolarning shaxsiy avtomobillarini qo‘yish uchun yer osti avtoturargohlari tashkil etiladi. Majmuadan 5-10 daqiqalik masofada istirohat bog‘i, metro bekati, ma’muriy binolar va davlat muassasalari paydo bo‘ladi.
Bunyod etilgan xonadonlardan biriga tashrif buyurib, sharoitlar bilan tanishgan Prezidentimiz Yangi Toshkent butun mamlakat
da aholi uchun har tomonlama qulay uy-joy qurilishining namunaviy va tajriba sexiga aylanishi kerakligini ta’kidladi.O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.