O‘mon ishbilarmon doira vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2026-yil 30-iyun kuni Maskat shahrida O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy va investitsiya imkoniyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
2026-yil 30-iyun kuni Maskat shahrida O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy va investitsiya imkoniyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘mon Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, 30 ga yaqin yetakchi kompaniyalar vakillari hamda boshqa tashkilotlar rahbariyati ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev, O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalifa al-Xarisiy hamda mamlakatimizning Maskatdagi elchisi Abdusalom Xatamov nutq qildilar.
Ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning investitsiya va turizm salohiyati hamda mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Davra suhbati doirasida O‘mon Savdo-sanoat palatasi Turizm qo‘mitasi raisi, “Siham Devepopment and Investment” kompaniyasi rahbari Siham al-Harsiyga O‘zbekistonning Sultonlikdagi turizm elchisi sertifikati topshirildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.