To‘qimachilik sanoatida yil yakunlari va istiqboldagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi
23-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil yakunlari va sohaga oid ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi taqdimot bilan tanishdi. style="text-align: justify;">Yil davomida erishilgan natijalar, sanoatda ishlab chiqarish va eksport hajmining o‘sish dinamikasi hamda 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, 2025-yilda to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish hajmi 134 trillion so‘mni tashkil etgan. Olingan xorijiy investitsiyalar hajmi 2,1 milliard dollarga yetdi. Eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan o‘sdi – uning hajmi 2,5 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu sohada band aholi soni 623 ming kishiga yetdi. Kelgusi yilda bu ko‘rsatkichni 650 ming kishiga yetkazish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.
2026-yilda paxta tolasini qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, gazlama, trikotaj va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish rejalashtirilgan. Maqsad – ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga, eksport hajmini esa 3,3 milliard dollarga yetkazish.
Sanoatga 2,2 milliard dollarlik xorijiy sarmoya jalb etish rejalashtirilgan. Natijada 207 ming tonna sintetik va aralash kalava ip, 397 million kvadrat metr gazlama, 224 million dona tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, 108 million kvadrat metr to‘qimachilik mahsulotlarini bo‘yash bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar yaratiladi.
sanoat rivojlanishiga ayrim omillar to‘sqinlik qilmadi. Xususan, paxta tolasiga bo‘lgan talabning bir qismi import hisobiga qoplanishi, moliyaviy resurslarning yuqoriligi, tashqi bozorda logistika xarajatlari oshib borayotgani, ayrim sohalarda malakali mutaxassislarning yetishmasligi sohadagi bugungi kundagi muammolardan iborat.
Ushbu muammolarni hal etish maqsadida 2026-yilga mo‘ljallangan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan, korxonalarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 200 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish, 138 ta korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish, shuningdek, 100 ta yangi korxonani eksport faoliyatiga jalb etish rejalashtirilgan. justify;">Xalqaro standartlar va sertifikatlarni joriy etishga alohida e'tibor qaratiladi. 60 ta korxonada “Better Work”, “BCI”, “FWF”, “Organic EU” dasturlari, yana 15 ta korxonada xalqaro moliyaviy hisobot standartlari joriy etiladi. Bundan tashqari, 24 yo‘nalish bo‘yicha tayyor mahsulot sifatini tahlil qilish imkoniyatiga ega zamonaviy to‘qimachilik laboratoriyasi tashkil etiladi.
ERP tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali sohada raqamlashtirishni jadallashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish rejalashtirilgan. Bu jarayon 40 ta korxonani qamrab oladi.
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish doirasida xalqaro xarid qiluvchi kompaniyalar va yirik brendlar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, marketing tadqiqotlari va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish, shuningdek, xorijiy korxonalarni ko‘chirishni rag‘batlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi. tayyor mahsulotlar ulushini izchil oshirish bo‘yicha mas’ul shaxslarga aniq vazifalar qo‘yildi. mahsulotlar, ularning tannarxini pasaytirish, shuningdek, yengil sanoatning investisiya va eksport salohiyatidan to‘liq foydalanish. Ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlar sohani yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi barqaror va raqobatbardosh tizimga aylantirishga xizmat qilishi zarurligi ta’kidlandi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.