Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olishning borishi ko'rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga aholi va qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi justify;">Mamlakatning demografik jarayonlarini, hududiy rivojlanishini, mehnat resurslari va ijtimoiy infratuzilmasini ilmiy asoslangan rejalashtirish uchun ushbu tadbir muhim ahamiyatga ega. Aholini ro‘yxatga olish jarayoni zamonaviy raqamli yechimlardan foydalangan holda xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Aholini ro‘yxatga olish joriy yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar ikki bosqichda o‘tkazilmoqda. 15-31 yanvar kunlari davom etadigan birinchi bosqich doirasida fuqarolar maxsus axborot tizimi orqali aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishlari mumkin. Ikkinchi bosqichda 4-28 fevral kunlari “mahalla yettiligi” xodimlari uyma-uy yurib, planshetlar yordamida so‘rovnomalarni to‘ldiradi.
Onlayn aholini ro‘yxatga olish census.stat.uz portalida OneID tizimi orqali identifikatsiya qilingan holda amalga oshiriladi. Barcha ma'lumotlar geografik axborot tizimi asosida nazorat qilinadi. Ushbu maqsadlar uchun respublika boʻylab 7,6 milliondan ortiq xonadon va turar-joy obyektlarining geolokatsiyasi yaratildi, jarayonlarning borishini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi maxsus monitoring panellari ishlab chiqildi.
Fuqarolar tomonidan taqdim etilgan barcha maʼlumotlar qonunchilik talablariga muvofiq himoyalangan, shaxsiy maʼlumotlardan maxfiy
14 ta tadbirlarni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish uchun viloyat va 208 ta tuman va shahar shtablari tashkil etilgan. 60 mingga yaqin aholini ro'yxatga oluvchilar tayyorlandi. Jumladan, jarayonga “mahalla yettiligi”ning 54 ming nafar vakili, 2,6 ming nafar zaxira xodimi hamda 4 ming nafar hududiy shtab aʼzosi jalb etildi. Shuningdek, vazirlik va idoralardan 480 nafar trener, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridan 3200 nafar ko‘ngillilar tayyorlandi.Aholini xabardor qilishga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, 110 ta tushuntirish videoroliklari, 600 ta telesyujetlar tayyorlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda 6,3 mingtasi e’lon qilingan, 23 mingdan ortiq axborot materiallari odamlar gavjum joylar va jamoat transportida joylashtirildi.
Ta’kidlanganidek, ayni damda 2,48 million xonadon, shuningdek, 31 ming fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarini ro‘yxatga olish maxsus justify:” portali orqali o‘tkazilgan. davlatimiz aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli o‘tkazish, ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda qarorlar ishlab chiqish va qabul qilishda olingan ma’lumotlardan keng foydalanish zarurligini ta’kidladi.
O'xshash yangiliklar
TIV rahbari Germaniya elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi
15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Huterer bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
TIV rahbarining Turkmaniston Respublikasiga tashrifiga oid
2026-yil 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston–Turkmaniston munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazildi.
Oʼzbekistonda xorijiy sayyohlar uchun QQSni qaytarish tizimi yoʼlga qoʼyildi
2026-yil 1-apreldan boshlab Oʼzbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy fuqarolar uchun qoʼshilgan qiymat soligʼini (Tax Free) qaytarish tizimi joriy etildi.