O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari keng ko‘lamli hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov
da uchrashdi. style="text-align:justify">Davlatimiz rahbari Turkmanistonning betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan Xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik yili” deb e’lon qilingani
bilan Prezident va qardosh Turkmaniston xalqini samimiy tabrikladi. style="text-align:justify">Turkmaniston Prezidentining yaqinda O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish kontekstida O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb milliard dollarni tashkil etdi. Shovot-Toshhovuz chegara savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Turkmanboshi porti orqali yuk tashish hajmi 30 foizga oshdi. Faol gumanitar va mintaqalararo almashinuvlar davom etmoqda.
Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va Hududlar forumining bo‘lajak yig‘ilishlarida tovar ayirboshlash hajmini sezilarli darajada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma hamkorlik loyihalarini samarali ilgari surish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.