O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 27 avgust kuni Yaponiyada bo‘lgan mamlakatimiz Tashqi ishlar vaziri I.Taeshi Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. rasmiy tashrif
Uchrashuv chog‘ida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Yaponiya Bosh vaziri Shigeru Ishibaning O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan samimiy salomi va tabriklarini yetkazdi. va koʻp qirrali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Doimiy faol aloqalar va amaliy hamkorlikning jadal rivojlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugun bo‘lib o‘tgan ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining Strategik muloqotining birinchi yig‘ilishining samarali natijalari yuqori baholandi.
Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. 17 avgust kuni Osaka shahrida boʻlib oʻtgan “EXPO 2025” Butunjahon koʻrgazmasida Oʻzbekiston Milliy bayramiga bagʻishlangan tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-maʼrifiy hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. justify;">Faoliyatini kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya markazi va uning negizida kelajakda Yaponiyaning yetakchi universitetlari ishtirokida qo‘shma universitet tashkil etish qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi, jumladan, bo‘lajak sammitni “Markaziy Osiyo” formatida o‘tkazish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. justify;">
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.