O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi
Ushbu global moliya instituti bilan amaliy hamkorlikning eng yuqori darajasiga erishilgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.
dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston bankning makromintaqadagi yetakchi hamkorlaridan biridir. Loyiha portfeli 14 milliard dollardan oshdi.
Jahon bankining faol ko‘magida qashshoqlik darajasini aniqlash metodologiyasi ishlab chiqildi. Ayni paytda O‘zbekistonda kambag‘allik va tenglik ko‘rsatkichlarini birgalikda diagnostika qilish ishlari olib borilmoqda.
“Qashshoqlikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ayollar va yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratish, shahar va qishloqlar ijtimoiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma loyiha tayyorlash taklif etilmoqda. justify;">Xususiy sektor loyihalarini rag‘batlantirish, o‘rta muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, aholini ro‘yxatga olish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.