O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Nara shahri hokimi bilan uchrashdi
Chuqur tarixiy rishtalarga ega Samarqand va Nara o‘rtasida qardosh shaharlar aloqalari o‘rnatilgani yuksak e’tirof etildi. Samarqand ko‘p asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘lining markazi bo‘lgan, Yaponiyaning qadimiy poytaxti Nara esa uning sharqiy darvozasi bo‘lganligi ta’kidlanadi. Bu shaharlar xalqaro savdoni rivojlantirish va bilim almashish, sivilizatsiyalar oʻrtasida madaniy koʻpriklarni shakllantirishda katta rol oʻynadi.
2027-yilda Nara milliy muzeyida namoyish etiladigan Oʻzbekiston madaniyati va tarixiga oid arxeologik koʻrgazmaga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligi taʼkidlandi. Ushbu loyiha Oʻzbekiston-Yaponiya diplomatik munosabatlari oʻrnatilganining 35-yilligi sharafiga keng koʻlamli madaniy tadbir boʻladi.
Ikki mamlakat va xalqlar oʻrtasidagi abadiy doʻstlik hamda madaniy-tarixiy yaqinlik ramzi sifatida, Gen Nakagava shahar hokimligi qarorini eʼlon qildi. style="text-align: justify;">Suhbat chog‘ida ikki qardosh shahar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni faol rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, to‘qimachilik, transport, logistika va shaharsozlik kabi sohalarda qo‘shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirish zarurligi ham ta’kidlandi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.