Oʻzbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning investitsiyalar boʻyicha davlat vaziri, lord Djeyson Stokvud boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning investitsiyalar boʻyicha davlat vaziri, lord Djeyson Stokvud boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Buyuk Britaniyaning “UK Export Finance”, “Standard Chartered UK”, “Sturgeon Capital”, “Endeavour Mining” va “British Petroleum” kabi yetakchi kompaniyalari, banklari va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy surʼati qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi va Britaniya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni jadal oʻsib bormoqda.
Toshkent xalqaro moliya markazi, Xalqaro tijorat sudi va kapital bozorini rivojlantirish hamda farmatsevtika, sunʼiy intellekt va energetika sohalarida texnologik sheriklikni kengaytirish boʻyicha takliflar qoʻllab-quvvatlandi.
Moliya, infratuzilma, davlat-xususiy sheriklik, “yashil” energetika, transport, geologiya va neft-gaz sohalarida, shu jumladan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.