Transport sohasidagi yirik loyihalar haqida ma’lumot berilgan
Prezident Shavkat Mirziyoyevga transport sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar haqida ma'lumot berildi. iqtisodiyotning rivojlanishi va hayot sur'atining tezlashishi, transport kommunikatsiyalariga bo'lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. 2030-yilga borib Toshkent orqali yoʻlovchi tashish hajmi 15 million kishiga yetishi kutilmoqda. Biroq poytaxtimizdagi mavjud aeroport zarur quvvatga ega emas va shahar ichida joylashgani bois uni kengaytirish mumkin emas.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda xususiy sheriklik mexanizmi doirasida xorijiy kompaniyalarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda.
Taqdimotda mas’ul shaxslar tomonidan mazkur keng ko‘lamli loyihaning barcha jihatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
So‘nggi yillarda yo‘l infratuzilmasiga investitsiyalar hajmi sezilarli darajada oshirilib, yangi ob’ektlar qurilmoqda. Avtotransport oqimini yengillashtirish maqsadida muqobil yo‘nalishlar loyihalari ishlab chiqilmoqda. Shu maqsadda qulay sarmoyaviy muhitni yaratishga qaratilgan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tayyorlandi.
Bundan kelib chiqib, bir qator mamlakatlar kompaniyalari Toshkent va Samarqand o‘rtasida muqobil tezyurar yo‘l qurish loyihasiga qiziqish bildirishdi. takliflar qabul qilindi.
Davlat rahbari ushbu strategik muhim infratuzilma ob'ektlarini puxta o'rganish va loyihalarni imkon qadar tezroq amaliyotga o'tkazish zarurligini ta'kidladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayti
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.