Pokiston kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda zamonaviy chorvachilik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
Amaliy tashrif bilan Pokistonning Panjob provinsiyasida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi “SK Livestock Foods” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Ali Raza Chima bilan muzokara o‘tkazdi.
Amaliy tashrif bilan Pokistonning Panjob provinsiyasida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi “SK Livestock Foods” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Ali Raza Chima bilan muzokara o‘tkazdi.
Unda Qoraqalpog‘istonda chorvachilik tarmog‘ini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or texnologiyalar va boshqaruv tajribasini joriy etish, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Pokiston tomoniga Qoraqalpog‘iston Respublikasining chorvachilik sohasidagi mavjud salohiyati, tabiiy resurslari, investitsiya muhiti hamda sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda zamonaviy chorvachilik kompleksi va go‘shtni qayta ishlash korxonasini tashkil etish, nasldor qoramollarni olib kelish, yuqori mahsuldor zotlarni ko‘paytirish, seleksiya ishlarini takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish takliflari ilgari surildi.
“SK Livestock Foods” kompaniyasi rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarni yuqori baholab, ularni amaliy jihatdan puxta o‘rganish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida joriy yilning iyul oyida “SK Livestock Foods” kompaniyasi rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifini tashkil etish va istiqbolli investitsiya loyihalarini joyida o‘rganish, muzokaralarni davom ettirish va hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“SK Livestock Foods” kompaniyasi Pokistonning chorvachilik hamda go‘sht mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy chorvachilik majmualari va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari Panjob provinsiyasida joylashgan bo‘lib, xalqaro sifat standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotlar dunyoning o‘ndan ortiq davlatlariga eksport qilinadi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.