Pokiston kompaniyalari Qoraqalpogʼistonda farmatsevtika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshiradi
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov va Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev boshchiligidagi delegatsiya Lahor shahriga tashrifi davomida «CCL Pharma», «Pharmagen Limited», «Bio science pharma», «Don Valley Ltd.» va «Highnoon Laboratories» kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov va Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev boshchiligidagi delegatsiya Lahor shahriga tashrifi davomida «CCL Pharma», «Pharmagen Limited», «Bio science pharma», «Don Valley Ltd.» va «Highnoon Laboratories» kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur kompaniyalar rahbarlari kechgan muzokaralar chogʼida Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʼshma ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda xorijdan import qilinayotgan dori vositalarini mahalliylashtirish boʼyicha istiqbolli yoʼnalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Pokiston tomoni Qoraqalpogʼiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti, amalga oshirilayotgan islohotlar va farmatsevtika sohasiga sarmoya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar uchun taqdim etilayotgan imtiyoz va preferentsiyalar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, Qoraqalpogʼiston Respublikasining dori vositalariga boʼlgan ehtiyoji, ichki bozor salohiyati va mazkur sohadagi mavjud imkoniyatlar haqida toʼxtalib oʼtildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda respublikada isteʼmol qilinayotgan farmatsevtika mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya, Xitoy, Hindiston hamda Yevropa davlatlaridan import qilinmoqda. Shu munosabat bilan hududda zamonaviy farmatsevtika ishlab chiqarish quvvatlarini yoʼlga qoʼyish, import oʼrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va sohaga Pokistonning yetakchi kompaniyalarini jalb etish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar farmatsevtika sohasida oʼzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, investitsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, kelgusida amaliy muloqotlarni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
Xususan, «CCL Pharma» kompaniyasi rahbari Junayd Shafi 2024-yilda Oʼzbekistonga amalga oshirgan tashrifini iliq yodga oldi va «Tashkent Pharma Park» hududida yaratilgan sharoitlar va investitsiya imkoniyatlari bilan yaqindan tanishganini bildirdi.
Uning aytishicha, Oʼzbekistonning farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish boʼyicha islohotlar, sohaga xorijiy investorlarni taklif qilish va ularga taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqiqatda eʼtirofga loyiq.
«Bizga bildirilgan Qoraqalpogʼiston Respublikasida farmatsevtika sohada qoʼshma loyihalarni amalga oshirish qaratilgan takliflar ham juda qiziqarli. Ularni amaliy jihatdan oʼrganish maqsadida joriy yilda Oʼzbekistonga, shu jumladan Qoraqalpogʼiston Respublikasiga borishga tayyormiz», – dedi u.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.