BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Mahir Safarli bilan uchrashdi.
2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Mahir Safarli bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘oniston xalqiga gumanitar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishdagi rolini muhokama qildi.
M.Safarli Termiz shahrida yaratilgan transport-logistika infratuzilmasi imkoniyatlarini yuqori baholadi hamda Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili tashkilot faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, shuningdek, qo‘shni Afg‘oniston xalqiga muntazam g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasi BMTning gumanitar institutlari yuklarini yetkazib berish uchun ishonchli koridor bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.