Rossiya elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston–Rossiya strategik sherikligi va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlararo aloqalarni mustahkamlash, turizm sohasidagi almashinuvlarni faollashtirish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan BMT, SHHT va MDH doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.