TIV rahbarining Qatar Davlati elchisi bilan uchrashuviga oid
17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan bin Hamza Hoshimni qabul qildi.
17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan bin Hamza Hoshimni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi muloqotlar doirasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, energetika, turizm va madaniy-gumanitar yoʻnalishlardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari koʻrib chiqildi.
Elchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlati sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan yaqinda Doha shahriga tashrifi hamda shaxsan bildirgan hamdardligi va taʼziyasi uchun Qatar tomonining samimiy minnatdorligini yetkazdi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.