Norvegiya elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Norvegiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xelen Sand Andresen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Norvegiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xelen Sand Andresen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlikning joriy holatini muhokama qilib, afg‘on muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
X.Andresen Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy darajada yagona yondashuvni shakllantirish borasida O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, ushbu mamlakatni mintaqaviy bog‘liqlik jarayonlariga jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.