O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Avstriya tashqi ishlar vaziri va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Avstriya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger va ichki ishlar vaziri Gerxard Karner bilan uchrashdi.
7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Avstriya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger va ichki ishlar vaziri Gerxard Karner bilan uchrashdi.
«Bugun Toshkentda Avstriya tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger va ichki ishlar vaziri Gerxard Karner bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralar davomida O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarini yana-da rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, xavfsizlik, migratsiya, taʼlim, turizm, “yashil” energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik. Avstriyaning ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini jalb qilishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.