Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi rahbari bilan uchrashuv to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) rahbari Akikо Fujii bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) rahbari Akikо Fujii bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida amaldagi hamkorlik darajasiga yuqori baho berildi hamda uni yanada mustahkamlashga ishonch bildirildi.
Xususan, “yashil” iqtisodiyot va ekologik tashabbuslarni ilgari surish, Orolbo‘yi mintaqasida loyihalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, kiberxavfsizlik va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratish taklif etildi.
Tomonlarning hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga o‘zaro tayyor ekanligi tasdiqlandi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.