Turkiy davlatlar tashkilotining Vengriyadagi vakolatxonasi Ijrochi direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning Vengriyadagi vakolatxonasi Ijrochi direktori, TDT huzuridagi Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti Kengashi raisi Balaj Xendrik hamda Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yojef Roja bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida TDT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
TDT huzuridagi Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti faoliyatiga, jumladan, suv resurslarini oqilona boshqarish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash sohalaridagi qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.