Turkiyaning «Adolat va taraqqiyot» partiyasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan Turkiyaning hukmron «Adolat va taraqqiyot» (AK Parti) partiyasi raisi o‘rinbosari, turkshunos olim va professor Kurshad Zorlu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan Turkiyaning hukmron «Adolat va taraqqiyot» (AK Parti) partiyasi raisi o‘rinbosari, turkshunos olim va professor Kurshad Zorlu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, madaniyat, ta’lim, ilm-fan va turizm sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda amaliy hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligi qayd etildi.
Joriy yilda Turkiyada o‘tkaziladigan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.