O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. style="text-align:justify">O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tovar ayirboshlashning barqaror dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, yirik infratuzilma loyihalari, jumladan, Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston temir yo'li va Qambarota GESi qurilishi bo'yicha qo'shma ishlar davom etmoqda.
Prezidentlar shuningdek, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, ikki tomonlama ko'p tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.