O‘zbekiston sayyohlik salohiyati V «Pakistan Travel Mart» xalqaro turizm ko‘rgazmasida taqdimot qilindi
Joriy yilning 3–5 - aprel kunlari Pokistonning Karachi shahrida V «Pakistan Travel Mart» xalqaro turizm ko‘rgazmasi, shuningdek, mazkur tadbir doirasida 7–8 - aprel kunlari Islomobod shahrida “roud-shou” tashkil etildi.
Joriy yilning 3–5 - aprel kunlari Pokistonning Karachi shahrida V «Pakistan Travel Mart» xalqaro turizm ko‘rgazmasi, shuningdek, mazkur tadbir doirasida 7–8 - aprel kunlari Islomobod shahrida “roud-shou” tashkil etildi.
Xalqaro turizm tadbirlari maydonida O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan Turizm qo‘mitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda yurtimizning Pokistondagi turizm brendi elchisi Hamid Mahmud bilan birgalikda O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi.
Pavilyonda mamlakatimizning taʼlim, ziyorat, madaniy, ishbilarmonlik va tibbiy turizm yo‘nalishlaridagi keng imkoniyatlari, zamonaviy va qulay sayyohlik infratuzilmasi, oliy taʼlim muassasalari hamda mashhur turistik manzilgohlari keng jamoatchilikka taqdim qilindi. O‘tkazilgan taqdimotlar va bevosita muloqotlar orqali O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligi, shuningdek, mintaqaviy taʼlim xabi sifatidagi roli namoyon etildi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning taʼlim turizmi salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida «Study in Uzbekistan» taʼlim ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Uning doirasida mehmonlarga mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari, mavjud taʼlim yo‘nalishlari, jumladan, dual taʼlim dasturlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
O‘zbekiston pavilyoniga Pokiston Senati raisi Said Yusuf Raza G‘iloniy, Pokiston Bosh vazirining turizm masalalari bo‘yicha koordinatori Sardar Yasir Ilyas Xan, Pokiston Turizmni rivojlantirish korporatsiyasi rahbari Aftab ur-Rehman Rana va boshqa rasmiylar tashrif buyurdi. Pokiston rasmiy vakillari mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yuksak baholab, O‘zbekistonning ilg‘or tajribasini o‘rganish va uni Pokistonda joriy etishga qiziqish bildirdilar.
Pokiston Bosh vazirining turizm masalalari bo‘yicha koordinatori Sardar Yasir Ilyas Xan taʼkidlaganidek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini yana-da rivojlantirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. «So‘nggi ikki yilda O‘zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan Toshkent–Islomobod va Toshkent–Lahor yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, joriy aprel oyi oxirida «Centrum Air» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent–Lahor yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar ochilishi rejalashtirilgan. Bu kabi tashabbuslar ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi», – dedi u.
Umuman olganda, O‘zbekistonning V «Pakistan Travel Mart» xalqaro turizm ko‘rgazmasi tadbirlaridagi ishtiroki mamlakatimizning Pokiston turizm bozoridagi mavqeini yana-da mustahkamlash, Pokistondan keluvchi sayyohlar oqimini oshirish hamda taʼlim sohasidagi o‘zaro amaliy hamkorlikni kengaytirishga muhim hissa qo‘shdi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.