O‘zbekiston va Singapur TIV rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar
22-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan uchrashdi.
22-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan uchrashdi.
«Cingapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan janoblari bilan samimiy va samarali muzokaralar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Avvalo, delegatsiyamizga ko‘rsatilgan iliq qabul va samimiy mehmondo‘stlik uchun Cingapur tomoniga minnatdorligimizni izhor etdik.
O‘zbekiston va Cingapur o‘rtasidagi munosabatlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va manfaatlar mushtarakligi asosida izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish hamda qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish istiqbollarini muhokama qildik.
Oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirish, 2027-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini munosib nishonlash, shuningdek, turli darajadagi tashriflar kun tartibini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdik.
Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish, ASEAN bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash hamda ko‘p tomonlama diplomatiya doirasidagi sheriklikni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanimizni ta’kidladik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.