O‘zbekiston va Braziliya tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi
12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Braziliya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyra bilan uchrashdi.
12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Braziliya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyra bilan uchrashdi.
«Bugun Tashqi ishlar vazirligida Braziliya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyra janoblari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, hamkorlikdagi hali foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, qishloq xo‘jaligi, logistika, ta’lim, madaniy-gumanitar almashinuvlar hamda turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildik.
Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Braziliya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forum va davra suhbati natijalarini olqishladik. Unda Braziliyaning “Embraer”, “WEG”, “Petrobras”, “ABIEC”, “ABPA”, “ApexBrasil” kabi yetakchi kompaniyalari va uyushmalari B2B va B2G formatlarida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Shuningdek, BRIKS, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdik.
Braziliyani Lotin Amerikasidagi muhim va ishonchli sheriklarimizdan biri sifatida qadrlaymiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni aniq amaliy loyihalar va yangi tashabbuslar bilan boyitishga kelishib oldik.
Ishonchimiz komilki, Braziliya tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.