O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ispaniya Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlik vaziri bilan uchrashdi
7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ispaniya Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares bilan uchrashuv oʻtkazdi.
7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ispaniya Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares bilan uchrashuv oʻtkazdi.
«Ispaniya Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares janoblari bilan mazmunli muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvimizda o‘zaro munosabatlarimizni yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish hamda iqtisodiy hamkorligimizni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratdik.
Muzokaralar yakunida Tashqi siyosiy idoralar o‘rtasida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik rejasi, diplomatik pasport egalari uchun vizani bekor qilish to‘g‘risidagi Bitim hamda diplomatik kadrlar tayyorlash bo‘yicha Anglashuv memorandumini imzoladik.
Bugungi uchrashuv O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarimizni yanada mustahkamlashiga ishonamiz va o‘zaro manfaatli sheriklikni izchil rivojlantirish yo‘lida hamkorligimizni davom ettiramiz».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.