O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Al-Jazoir shahrida Jazoir TIV rahbary bilan uchrashdi
11-iyun kuni Al-Jazoir shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ahmad Attaf bilan uchrashdi.
11-iyun kuni Al-Jazoir shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ahmad Attaf bilan uchrashdi.
«Bugun Al-Jazoir shahrida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ahmad Attaf bilan samimiy va samarali muzokaralar bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Tor va keng doirada bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildik.
Jazoirni Afrika qit’asidagi muhim va istiqbolli sherik sifatida qadrlaymiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasida hali to‘liq ishga solinmagan ulkan imkoniyat mavjud. Biz tarixiy do‘stlikni amaliy sheriklik bilan boyitish, oliy va yuqori darajadagi muloqotlarni muntazam yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni kengaytirish tarafdorimiz.
Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, Qo‘shilmaslik harakati, BMT va boshqa ko‘p tomonlama platformalarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratdik.
Mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan ham fikr almashdik, xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyatga alohida e’tibor qaratdik. Barqarorlikni ta’minlash va keskinlikni kamaytirishda vazminlik, muloqot hamda diplomatiyaning ahamiyati haqida so‘z yuritdik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.