TIV rahbari Ozarbayjon elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi
7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyev bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyev bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida elchiga mamlakatimizdagi o‘n to‘rt yillik samarali faoliyati davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun minnatdorlik bildirildi.
Shu yillar davomida u nafaqat Ozarbayjonning O‘zbekistondagi munosib vakili, balki diplomatik korpus duayeni sifatida ham yuksak hurmat va e’tirofga sazovor bo‘lgani ta’kidlandi.
Shuningdek, elchining mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari O‘zbekistonda munosib baholangani alohida qayd etildi. Davlatning yuksak mukofotlari – “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangani uning ko‘p yillik samarali faoliyatining yuksak e’tirofi ekani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Guseyn Guliyevga O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona mehnati uchun yana bir bor minnatdorlik bildirilib, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.