Xizmat ko‘rsatish sohasi Jizzaxda iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi omillaridan biriga aylanib bormoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jiign shahrida joylashgan Ko‘k Saroy
Mamlakatimizda savdo sohasida zamonaviy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Jizzax shahrida 3,5 gektar maydonda joylashgan “Ko‘k saroy” majmuasi hududdagi eng yirik savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlaridan biri
. justify;">Bu yerda 300 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Natijada 800 dan ortiq ish o‘rni yaratildi, jumladan, 100 nafar kam ta’minlangan fuqarolar.
Majmuada yirik savdo tarmoqlari filiallari, 10 ta mahalliy va xorijiy brendlar, 250 ta savdo shoxobchalari, oziq-ovqat korti va bolalar maydonchasi mavjud. Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi yiliga 223 milliard so‘mni tashkil etadi.
Majmuada kutubxona va kitob do‘koni borligi e’tiborga molik.
Loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun 3 qavatli ekobozor qurilishi rejalashtirilgan. Unda 1 mingta savdo shoxobchalari joylashadi. Natijada 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mamlakatimiz rahbari majmua faoliyati bilan tanishdi, tashrif buyuruvchilar bilan suhbatlashdi. U xizmat ko‘rsatish va servis sohasini kompleks yondashuv asosida yanada rivojlantirish, boshqa hududlarda ham shunday markazlarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga safarini yakunlab, Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.