O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bir-birlarini o‘tgan Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr munosabati bilan yana bir bor samimiy qutladilar.
Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan keskin vaziyat, qarama-qarshiliklar tobora avj olayotgani tomonlarni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etildi.
Bunday xatti-harakatlarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni to‘liq bartaraf etish nafaqat bu yerdagi davlatlarning manfaatlariga, balki global barqarorlikni ta’minlash maqsadlariga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Davlatimiz yetakchisi bunday sinovli kunlarda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni Rahbariyati va birodar xalqi bilan birdam hamda yakdil ekanini qayd etib, Podshohlikning vazmin va oqilona siyosatini har tomonlama qo‘llashini bildirdi.
O‘zbekiston Prezidenti hozirda ushbu mamlakatda Umra amallarini bajarayotgan fuqarolarimizga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak va yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar uchun Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud A’lo Hazratlari va Valiahd shahzodaga alohida minnatdorlik izhor etdi.
O‘z navbatida, Muhammad bin Salmon Ol Saud O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan samimiy xayrixohlik va do‘stona qo‘llab-quvvatlovni yuksak qadrlashini ma’lum qildi. Ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchun oliy darajadagi muloqotlarni va muvofiqlashtirilgan qo‘shma sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.