O‘zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi
9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida TIV rahbari O‘zbekiston Pokiston rahbariyatining sa’y-harakatlarini yuqori baholashini yana bir bor ta’kidlab, Islomobod tomonidan tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tashabbus, jumladan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.
Shuningdek, davom etayotgan diplomatik muloqot va konstruktiv sa’y-harakatlar mintaqa va undan tashqarida barqaror tinchlikni ta’minlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.
O'xshash yangiliklar
TIV rahbarining Turkmaniston Respublikasiga tashrifiga oid
2026-yil 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston–Turkmaniston munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazildi.
Oʼzbekistonda xorijiy sayyohlar uchun QQSni qaytarish tizimi yoʼlga qoʼyildi
2026-yil 1-apreldan boshlab Oʼzbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy fuqarolar uchun qoʼshilgan qiymat soligʼini (Tax Free) qaytarish tizimi joriy etildi.
Toskana gubernatori bilan o‘tkazilgan uchrashuvga oid
14-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eujenio Jani bilan uchrashuv o‘tkazildi.