Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda yirik farmatsevtika loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda
Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Pokistonning sog‘liqni saqlash sohasida maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi va «The Searle Company Limited» kompaniyasi direktori Said Nadim Ahmed o‘rtasida onlayn formatda uchrashuv tashkil etildi.
Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Pokistonning sog‘liqni saqlash sohasida maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi va «The Searle Company Limited» kompaniyasi direktori Said Nadim Ahmed o‘rtasida onlayn formatda uchrashuv tashkil etildi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, O‘zbekiston farmatsevtika bozorining jozibadorligi, uning tartibga solish mexanizmi va huquqiy asoslari, shuningdek mamlakatimizda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida batafsil fikr almashildi.
Said Nadim Ahmed O‘zbekiston farmatsevtika bozori bilan yaqindan tanishganini taʼkidlab, uning salohiyatini yuqori baholashini bildirdi. Uning aytishicha, kompaniya hozirgi kunda O‘zbekiston hududida yirik investitsiyaviy loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
«Kompaniyamiz yurak-qon tomir, onkologik hamda metabolik kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan yangi avlod dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda ushbu loyihani joylashtirish uchun eng maqbul hududni tanlash ishlari olib borilmoqda. Potensial manzillar sifatida Toshkent, Lahor va Ar-Riyod shaharlari ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, xalqaro konsalting kompaniyalari tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda», dedi u.
Pokistonlik vakilning taʼkidlashicha, mazkur zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun o‘nlab million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni pokistonlik hamkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi hamda loyihani amalga oshirish jarayonida har tomonlama amaliy ko‘mak Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan taʼminlanishini maʼlum qildi.
Uchrashuv yakunida mazkur investitsiyaviy loyihani O‘zbekiston hududida amalga oshirish imkoniyatlarini chuqur o‘rganish maqsadida «The Searle Company Limited» kompaniyasi delegatsiyasining Toshkent shahriga amaliy safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.