Özbekiston Respublikasi bilan Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi örtasida ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlaş töğrisida QÖŞMA BAYONOT
1. Qirol Abdulla II ibn Al-Husayn Hazrati Oliylarining taklifiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari 2026-yil 23–24-noyabr kunlari Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga davlat taşrifini amalga oşirdi.
1. Qirol Abdulla II ibn Al-Husayn Hazrati Oliylarining taklifiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari 2026-yil 23–24-noyabr kunlari Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga davlat taşrifini amalga oşirdi.
Taşrif davomida Qirol Abdulla II Hazrati Oliylari va Prezident Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari ikki mamlakat va xalqlar örtasidagi azaliy döstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş yöllari yuzasidan samarali muzokaralar ötkazdilar hamda mintaqaviy va xalqaro vaziyat va özaro qiziqiş uyğotadigan masalalar yuzasidan fikr almaşdilar.
2. Ikki davlat rahbarlari Özbekiston va Iordaniya örtasidagi özaro hurmat, işonç va umumiy manfaatlarga asoslangan döstlik aloqalarining çuqurligini ta’kidladilar. Ular har tomonlama va köp tarmoqli hamkorlikni ilgari suriş maqsadida ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni Strategik şeriklik darajasiga kötarişga kelişib oldilar.
3. Ikki davlat rahbarlari Qirol Abdulla II Hazrati Oliylarining 2025-yil avgustda Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifi yakunlarini amalga oşirişda erişilgan natijalarni, şu jumladan, 2026-yil aprelda Özbekiston – Iordaniya Qöşma hukumatlararo komissiyasining birinçi majlisi ötkazilganini, Toşkent va Amman örtasida töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyilganini, turli sohalarda oliy darajadagi taşriflar almaşilganini hamda vizadan özaro ozod etiş tartibi amalga oşirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ular uşbu ijobiy sur’atni saqlab qoliş hamda ikki mamlakat örtasida erişilgan kelişuvlar va anglaşuvlar ijrosini samarali nazorat qiliş va ta’minlaş muhimligini alohida ta’kidladilar.
4. Ikki davlat rahbarlari iqtisodiy, savdo va investitsiya hamkorligini kengaytiriş hamda har ikki mamlakatning davlat va xususiy sektorlari örtasidagi şeriklikni yanada mustahkamlaşni rağbatlantirişga sodiqliklarini bildirdilar.
Ular farmatsevtika, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi, öğitlar, oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, konçilik, suv resurslari, sanoat, töqimaçilik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, madaniyat va diniy işlar, raqamlaştiriş, logistika, turizm, ilmiy tadqiqotlar, yoşlar, ta’lim va boşqa istiqbolli tarmoqlarni hamkorlikni kengaytiriş uçun katta salohiyatga ega bölgan sohalar sifatida belgilab oldilar.
5. Ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning asosiy sohalarini, jumladan, strategik şeriklik, şaharlararo hamkorlik, farmatsevtika, soğliqni saqlaş, imtiyozli savdo, energetika, mineral resurslar, suv resurslari boşqaruvi, huquqiy yordam, şaharsozlik, atrof-muhitni muhofaza qiliş, madaniyat, raqamlaştiriş va axborot texnologiyalari sohalarini qamrab olgan bir qator bitimlar va anglaşuv memorandumlarining imzolaniş marosimida iştirok etdilar. Ular ikki mamlakat hamkorlikni özaro qiziqiş uyğotadigan boşqa istiqbolli tarmoqlarga kengaytiriş yuzasidan tizimli ravişda iş olib borişini alohida ta’kidladilar.
6. Ikki davlat rahbarlari ayrim tovarlarga nisbatan tariflar va para-tariflarni bosqiçma-bosqiç kamaytiriş yoki bekor qiliş, savdo qilinadigan mahsulotlar turini diversifikatsiya qiliş hamda korxonalarning, xususan, kiçik va örta korxonalarning mintaqaviy va global qiymat zanjirlariga integratsiyalaşuviga kömaklaşiş orqali savdo aloqalarini mustahkamlaşga sodiqliklarini bildirdilar.
Ular, şuningdek, köp tomonlama savdo tizimi maqsadlari va global savdoni kengaytirişga muvofiq ravişda savdoni rivojlantiriş, halol raqobatni rağbatlantiriş, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş hamda savdodagi tösiqlarni bartaraf etiş muhimligini ta’kidladilar.
7. Ikki davlat rahbarlari özaro qiziqiş uyğotadigan mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan fikr almaşdilar. Ular mintaqada keskinlaşuvning davom etayotgani va uning mintaqaviy hamda xalqaro tinçlik va xavfsizlik uçun oqibatlaridan çuqur xavotir bildirdilar.
Ular keskinlikni yumşatiş hamda xavfsizlik va barqarorlikni tiklovçi va xalqaro huquq, yaxşi qöşniçilik munosabatlari va barça davlatlar suverenitetini hurmat qiliş prinsiplari asosida keskinlikning barça sabablarini bartaraf etuvçi diplomatik yeçimlar orqali mintaqaviy inqirozlarni hal etişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan mintaqaviy va xalqaro sa’y-harakatlar zarurligini alohida ta’kidladilar.
Ikki davlat rahbarlari Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi mamlakatlarining xavfsizligi va barqarorligini qöllab-quvvatlaşlarini yana bir bor bildirdilar. Prezident Mirziyoyev Janobi Oliylari Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi bilan uning xavfsizligi va barqarorligiga qaratilgan har qanday tahdidlarga qarşi birdamligini izhor etdi.
8. Ikki davlat rahbarlari xalqaro huquqqa muvofiq ravişda dengizda kema qatnovi va havo hududi uzra parvozlar erkinligi hamda Hormuz va Bob al-Mandob böğozlari orqali tösiqsiz savdoni ta’minlaş muhimligini alohida ta’kidladilar.
9. Ikki davlat rahbarlari «ikki davlat» yeçimi asosida 1967-yil 4-iyundagi çegaralar böyiça poytaxti Şarqiy Quddus bölgan hamda Isroil bilan yonma-yon tinçlik va xavfsizlikda yaşaydigan mustaqil, suveren Falastin davlatini barpo etiş adolatli, har tomonlama va mustahkam tinçlikka erişişning yagona yöli ekanini alohida ta’kidladilar.
Ular «ikki davlat» yeçimiga putur yetkazadigan barça noqonuniy çora-tadbirlarga zudlik bilan çek qöyişga çaqirdilar. Ular Ğarbiy sohilni anneksiya qiliş yoki falastin xalqini köçirişga qaratilgan har qanday urinişlardan ogohlantirdilar.
10. Ikki davlat rahbarlari Quddusdagi musulmon va xristian muqaddas joylarining tarixiy va huquqiy status-kvosini saqlab qoliş muhimligini yana bir bor tasdiqladilar. Prezident Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari muqaddas joylar ustidan tarixiy Hoşimiylar vasiyligini qöllab-quvvatlaşini alohida ta’kidladi.
11. Ikki davlat rahbarlari Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşining 2803-sonli rezolyutsiyasini (2025 y.) hamda Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampning Ğazoda barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan rejasini töliq amalga oşiriş zarurligini alohida ta’kidladilar. Ular Ğazo sektoriga gumanitar yordamning tezkor va tösiqsiz yetkazib berilişiga zudlik bilan imkon beriş zarurligini ta’kidladilar.
12. Ikki davlat rahbarlari UNRWAni qöllab-quvvatlaşlarini bildirdilar hamda uning öz BMT mandatiga muvofiq falastinlik qoçqinlarga gumanitar yordam körsatişdagi ajralmas rolini alohida ta’kidladilar.
13. Ikki davlat rahbarlari Suriya birligi, xavfsizligi, barqarorligi va suverenitetini, şuningdek, Suriya Hukumatining mamlakatni Suriya xalqining intilişlari va huquqlarini röyobga çiqaradigan asoslarda qayta tiklaşga qaratilgan sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşlarini tasdiqladilar.
Ular Livan xavfsizligi va barqarorligini, şuningdek, Livan Hukumatining butun Livan hududi ustidan töliq suverenitetni amalga oşirişga qaratilgan sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşlarini yana bir bor bildirdilar. Ular BMT Xavfsizlik Kengaşining 1701-sonli rezolyutsiyasini amalga oşiriş zarurligini alohida ta’kidladilar.
14. Qirol Abdulla II Hazrati Oliylari Prezident Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari rahbarligida Özbekistonning Markaziy Osiyoda muloqot, yaxşi qöşniçilik munosabatlari, mintaqaviy özaro boğliqlik va iqtisodiy hamkorlikni ilgari surişdagi konstruktiv rolini yuqori baholadi hamda Özbekistonning mintaqaviy barqarorlik, integratsiya va barqaror rivojlanişni mustahkamlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarini mamnuniyat bilan qayd etdi.
15. Prezident Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari Qirol Abdulla II Hazrati Oliylari rahbarligida Iordaniyaning mintaqaviy tinçlik va barqarorlik, dinlararo muloqot va mötadillikni ilgari surişdagi muhim rolini yuqori baholadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari Hazrati Oliylarining terrorizmga qarşi xalqaro hamkorlikni, şu jumladan, Aqaba jarayoni orqali ilgari surişdagi yetakçiligini olqişladi. Hazrati Oliylari Özbekistonning 2027-yilda Aqaba jarayoni uçraşuviga mezbonlik qilişga bölgan qiziqişini mamnuniyat bilan qayd etdi.
16. Ikki davlat rahbarlari xalqaro gumanitar huquqqa rioya etiş hamda uning universal, xolis va izçil qöllanilişini ilgari suriş muhimligini alohida ta’kidladilar. Şu munosabat bilan Özbekiston tomoni Iordaniya tomonidan 2026-yil 7-dekabrda «Uruşda insoniylik» mavzusidagi Oliy darajadagi konferensiya çaqirilişini olqişladi.
17. Ikki tomon Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti hamda boşqa xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar va forumlar doirasida muvofiqlaştiriş va özaro qöllab-quvvatlaşni mustahkamlaşga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
18. Ikki davlat rahbarlari muzokaralar yakunlaridan mamnunliklarini bildirdilar hamda oliy darajadagi muntazam aloqalarni davom ettiriş, institutsional hamkorlikni mustahkamlaş va taşrif davomida erişilgan kelişuvlar ijrosini samarali nazorat qilişni ta’minlaşga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
19. Prezident Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari Qirol Abdulla II Hazrati Oliylariga özi va u boşçiligidagi delegatsiyaga körsatilgan samimiy qabul va katta mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdi.
Amman şahri,
2026-yil 24-noyabr
Related news
Meeting with the Director of the Centre for Eastern Studies of Poland
On November 23, 2026, Special Representative of the President of the Republic of Uzbekistan for Afghanistan Ismatulla Irgashev met with Wojciech Konończuk, Director of the Centre for Eastern Studies of Poland.
Uzbekistan on the Road to 2030: From Strategies to Results
Uzbekistan adopted the UN 2030 Agenda together with 192 other states.
Policies shaping the future
A country's development is shaped by the opportunities it creates for its young people.