O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining Jazoir Xalq Demokratik Respublikasiga tashrifiga oid
2026-yil 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Al-Jazoir shahriga tashrif buyurdi.
2026-yil 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Al-Jazoir shahriga tashrif buyurdi.
Tashrifi doirasida Jazoir tashqi ishlar vaziri Ahmad Attaf bilan tor va keng doirada muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar, jumladan Qo‘shilmaslik harakati va BMT doirasidagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan,
- Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Hukumati oʻrtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan oʻzaro ozod qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
- Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya hamda Jazoir Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik va xalqaro munosabatlar instituti oʻrtasida Anglashuv memorandumi.
Tashrif doirasida TIV rahbari boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdelmajid Tabboun tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklari yetkazildi hamda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov Jazoir tashqi savdo va eksportni rivojlantirish vaziri Kamol Raziq bilan uchrashdi. Muzokaralarda savdo hajmini oshirish, yangi logistika yo‘laklarini shakllantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish hamda Al-Jazoir shahrida “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasini o‘tkazish takliflari ilgari surildi.
TIV rahbarining Jazoir tog‘-kon sanoati vaziri Murod Xanifi bilan uchrashuvida mineral resurslar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar geologiya-qidiruv ishlarini birgalikda amalga oshirish, istiqbolli konlarni o‘zlashtirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.