Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi”ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
19 dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi”ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, diplomatlar, shuningdek, faol yoshlar ishtirok etdi
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aloyev yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqib, yoshlarga mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekiston rahbari tomonidan belgilab berilgan diplom asi va amalga oshirilayotgan izchil ishlar haqida ma’lumot berdi. so‘nggi yillarda mamlakatimizning mintaqaviy va global jarayonlardagi roli tobora ortib borayotgani, nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surilayotgan konstruktiv tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, klub a’zolariga diplomatik faoliyatning asosiy jihatlari, kasbiy imkoniyatlari va xalqaro muloqotdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, “O‘zbekiston yosh diplomatlar klubi” yoshlarda mas’uliyat, vatanparvarlik va professional diplomatik yondashuvni shakllantirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, klubning o‘tgan davrdagi faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar taqdim etildi. Yoshlarning tashqi siyosat sohasiga qiziqishini oshirish, bilim va malakasini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi. Klub Ijroiya kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi, uning yangi a’zolariga sertifikatlar topshirildi, 2026-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi bo‘yicha takliflar shakllantirildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.