Oʼzbekistonning boy sayyohlik salohiyati Islomobodda namoyish etildi
Shu yilning 24-25-oktyabr kunlari Pokiston poytaxti Islomobod shahrida «International Silk Route Festival – 2026» xalqaro festivali boʼlib oʼtdi.
Shu yilning 24-25-oktyabr kunlari Pokiston poytaxti Islomobod shahrida «International Silk Route Festival – 2026» xalqaro festivali boʼlib oʼtdi.
Festivalning tantanali ochilish marosimida Pokiston Bosh vazirining turizm masalalari boʼyicha maslahatchisi Sardar Yasir Ilyas Xan, Pokiston Turizmni rivojlantirish korporatsiyasi rahbari Аftab Ur Rehman Rana, Shri-Lanka va Malayziya turizm idoralari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, mahalliy va xorijiy turistik kompaniyalar, mehmonxona biznesi vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi tomonidan festivalь maydonida Oʼzbekiston pavilьoni tashkil etildi. Quvonarlisi, Oʼzbekiston pavilьoni festivalь kunlari eng gavjum maskanlardan biri boʼldi.
Oʼzbekiston milliy stendida mamlakatimizning tarixiy, ziyorat va zamonaviy sayyohlik imkoniyatlari namoyish etildi. Pavilьonda mamlakatimizning ziyorat, madaniy, gastronomik, tibbiy, ishbilarmonlik va MICE-turizm yoʼnalishlaridagi salohiyati, rivojlangan turistik infratuzilmasi, zamonaviy xizmatlar hamda sayyohlik manzilgohlari taqdim etildi. Katta ekranda yurtimizning turistik imkoniyatlari, tarixiy va madaniy obidalari, xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarga bagʼishlangan videolavhalar namoyish etildi.
Shuningdek, diplomatlar tomonidan Oʼzbekistonning sayyohlik salohiyatiga doir taqdimotlar oʼtkazildi. Ularda mamlakatimizning boy madaniy merosi, ekoturizm va ziyorat turizmi imkoniyatlari, mehmonxona va turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʼyicha zamonaviy loyihalar haqida maʼlumot berildi.
«Uzbekistan Airways» va «Centrum Air» aviakompaniyalari Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasida haftasiga toʼqqizta toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovni amalga oshirayotgani, yoʼnalishlar tarmogʼini kengaytirish, qulay aloqa va xizmatlarni taklif etish boʼyicha ishlar davom etayotgani taʼkidlandi.
Tadbir doirasida Pokiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi turoperatorlari, investorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan B2B formatida uchrashuvlar oʼtkazildi.
Oʼzbekiston pavilьoniga Pokiston Bosh vazirining turizm masalalari boʼyicha maslahatchisi Sardar Yasir Ilyas Xan tashrif buyurdi. U Oʼzbekistonning sayyohlik salohiyatini va mamlakatimiz rahbariyati tomonidan xorijiy sayyohlarni jalb etish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholadi.
– Turizmni iqtisodiyotning drayver sohasiga aylantirish borasida Oʼzbekiston tajribasini oʼrganish biz uchun har tomonlama foydali boʼladi, – dedi Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi. – Xususan, Oʼzbekiston Pokistondan ham sayyohlarni jalb etishda faollik koʼrsatmoqda. Soʼnggi ikki yil ichida pokistonliklar uchun viza tartibi soddalashtirildi, Islomobod, Lahor va Karachi shaharlariga toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyildi. Oʼzbekiston elchixonasi tomonidan Pokiston hududlarida muntazam targʼibot tadbirlari oʼtkazilmoqda. Biz Oʼzbekiston tajribasini oʼrganish va turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida Pokiston hukumati hamda xususiy sektor vakillari ishtirokida maxsus ishchi guruh tashkil etmoqdamiz.
Аnjumanning ikkinchi kunida «Ipak yoʼlida turizm, savdo va investitsiyalar» mavzusida diplomatik muloqot sessiyasi boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev nutq soʼzlab, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va Oʼzbekistonning turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha toʼxtaldi. Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi tarixiy-madaniy mushtaraklik, umumiy meros va xalqlar oʼrtasidagi anʼanaviy doʼstlik aloqalarini turizm, savdo, investitsiyalar hamda mintaqaviy bogʼliqlik sohalaridagi amaliy hamkorlikka aylantirish vaqti kelganini taʼkidladi.
Diplomatik missiya rahbari, shuningdek, Yangi Toshkent loyihasi doirasida barpo etilayotgan zamonaviy shaharsozlik infratuzilmasi, biznes va investitsiyalar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlarga alohida toʼxtalib oʼtdi hamda Pokiston kompaniyalari va investorlarini turistik, infratuzilmaviy va boshqa istiqbolli loyihalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Quvonarlisi, Oʼzbekiston pavilьoni ikki kun davomida pokistonliklar va Islomobod shahri mehmonlari bilan gavjum boʼldi. Ularga Oʼzbekistonning sayyohlik salohiyatiga bagʼishlangan jurnallar, broshyuralar, bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tarqatildi.
O'xshash yangiliklar
Pokistonning yetakchi kompaniyalar guruhi Yangi Toshkentda investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatini oʼrganmoqda
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Zaheer Khan Brothers» («ZKB») kompaniyalar guruhi ijrochi direktori Muhammad Kamran Said Xan bilan muzokara oʼtkazdi.
Pokistonning yirik savdo tarmogʼi supermatketlarida «Made in Uzbekistan» boʼlimi ochiladi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik savdo tarmoqlaridan biri – «Al-Fatah» kompaniyasi bosh direktori Muhammad Аnis bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Islomobodda Oʼzbek tili bayrami kuni keng nishonlandi
Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasida 21 oktyabr – Oʼzbek tili bayrami kuniga bagʼishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.