Pokistonning yirik savdo tarmogʼi supermatketlarida «Made in Uzbekistan» boʼlimi ochiladi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik savdo tarmoqlaridan biri – «Al-Fatah» kompaniyasi bosh direktori Muhammad Аnis bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik savdo tarmoqlaridan biri – «Al-Fatah» kompaniyasi bosh direktori Muhammad Аnis bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Muloqot davomida Oʼzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Pokiston bozoriga yetkazib berish, ularni ushbu kompaniya savdo tarmogʼi orqali sotishni yoʼlga qoʼyish va ikki mamlakat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Oʼzbekistonda ishlab chiqarilayotgan qandolat mahsulotlari, quritilgan mevalar va yongʼoqlar, yangi meva-sabzavotlar, dukkakli ekinlar, konserva, murabbo, tomat pastasi, asal, oʼsimlik yogʼi, qayta ishlangan goʼsht mahsulotlari hamda boshqa isteʼmol tovarlarini «Al-Fatah» savdo tarmogʼiga yetkazib berish imkoniyatlari koʼrib chiqildi.
«Al-Fatah» kompaniyasi rahbariyati Oʼzbekistonda yetishtiriladigan va ishlab chiqariladigan quritilgan mevalar, yongʼoq, qishloq xoʼjaligi va qandolat mahsulotlariga yuqori qiziqish bildirdi. Shuningdek, milliy uslubda tayyorlanadigan keramika mahsulotlari ham Pokiston bozorida talabga ega boʼlishi mumkin boʼlgan istiqbolli yoʼnalish sifatida qayd etildi.
Tomonlar Oʼzbekistonda ishlab chiqarilayotgan, ichki bozorda tanilgan va eksport salohiyatiga ega tayyor brend mahsulotlarini «Al-Fatah» tarmogʼiga toʼgʼridan-toʼgʼri yetkazib berish imkoniyatlarini oʼrganishga kelishib olddi. Shu bilan birga, Oʼzbekiston korxonalarida «Al-Fatah» brendi ostida quritilgan mevalar, yongʼoqlar, dukkakli mahsulotlar va boshqa oziq-ovqat tovarlarini qadoqlash loyihasini amalga oshirish mumkinligi qayd etildi.
– Hamkorlikning muhim yoʼnalishlaridan yana biri — «Al-Fatah»ning Lahor, Islomobod va kelgusida Pokistonning boshqa shaharlaridagi yirik savdo nuqtalarida «Made in Uzbekistan» maxsus savdo boʼlimlarini tashkil etish boʼladi, – dedi Muhammad Аnis. – Oʼzbekiston mahsulotlarining Pokiston bozorida hali keng tarqalmaganini inobatga olgan holda, ular uchun alohida savdo boʼlimining tashkil etilishi mahalliy pokistonlik xaridorlarda katta qiziqish uygʼotishi mumkin. Dastlab bir nechta mahsulot turini qamrab olgan pilot loyihani amalga oshirish, savdo natijalari va isteʼmolchilar talabini tahlil qilish asosida mahsulotlar turini va savdo nuqtalari sonini bosqichma-bosqich kengaytirish maqsadga muvofiq.
Uchrashuvda Oʼzbekistonda ishlab chiqariladigan halol kolbasa va boshqa qayta ishlangan goʼsht mahsulotlarini Pokiston bozoriga eksport qilish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Belgilangan import, sanitariya va halol sertifikatlash talablariga rioya etilgan taqdirda, ushbu mahsulotlarni «Al-Fatah» savdo tarmogʼida sinov tariqasida sotish imkoniyatlarini oʼrganish taklifi qoʼllab-quvatlandi.
«Al-Fatah» savdo tarmogʼi 1941 yilda tashkil etilgan. Mazkur savdo tarmogʼi bugungi kunda Pokistonning yirik va taniqli chakana savdo tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir qatorda maishiy texnika, kosmetika, oʼyinchoqlar, sayohat buyumlari va boshqa isteʼmol tovarlarini sotishga ixtisoslashgan.
Hozirda kompaniyaning Pokistonning yirik shaharlarida 35 ta savdo nuqtasi, shuningdek, franchayzing asosida faoliyat yuritayotgan 11 ta doʼkoni mavjud.
O'xshash yangiliklar
Pokistonning yetakchi kompaniyalar guruhi Yangi Toshkentda investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatini oʼrganmoqda
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Zaheer Khan Brothers» («ZKB») kompaniyalar guruhi ijrochi direktori Muhammad Kamran Said Xan bilan muzokara oʼtkazdi.
Islomobodda Oʼzbek tili bayrami kuni keng nishonlandi
Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasida 21 oktyabr – Oʼzbek tili bayrami kuniga bagʼishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
Toshkent–Islomobod yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda
Joriy yilning 26-oktabridan boshlab “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi Toshkent va Islomobod shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.