Islomobodda Oʼzbek tili bayrami kuni keng nishonlandi
Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasida 21 oktyabr – Oʼzbek tili bayrami kuniga bagʼishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasida 21 oktyabr – Oʼzbek tili bayrami kuniga bagʼishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
Unda vatandoshlar va ularning farzandlari, Pokiston ekspert-tahlil doira vakillari, Islobod shahridagi Zamonaviy tillar milliy universiteti oʼqituvchilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari va ishtirok etdi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev oʼz nutqida oʼzbek tilining davlat va jamiyat hayotida tutgan oʼrni va ahamiyati, uni yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar toʼgʼrisida atroflicha toʼxtaldi.
Maʼruzada oʼzbek tili xalqimizning koʼp asrlik tarixi, maʼnaviy merosi, milliy tafakkuri va madaniy oʼzligini oʼzida mujassam etgan bebaho boylik ekanini taʼkidladi. Shuningdek, davlat tilining nufuzini oshirish, uning xalqaro miqyosdagi mavqeini mustahkamlash hamda yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
– Davlatimiz Rahbari boshchiligida oʼzbek tilining mavqeini mustahkamlash va xalqaro miqyosda targʼib qilishga katta eʼtibor qaratmoqda. Oʼzbek tilida taʼlimni rivojlantirish, til merosini asrab-avaylash, ijodkorlarni qoʼllab-quvvatlash uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan koʼplab tashabbuslar amalga oshirildi, – dedi – dedi elchi Аlisher Toʼxtaev. – Xorijda, jumladan Pokistonda oʼzbek tilini oʼrganishni qoʼllab-quvvatlash uchun maxsus darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar ishlab chiqilmoqda, yangi lugʼatlar nashr etilmoqda, turli zamonaviy IT-dasturlar yaratilmoqda. Joriy yilda Oʼzbekiston va Pokiston tilshunos olimlari va tarjimonlari tomonidan «Oʼzbek va urdu tillaridagi mushtarak soʼzlar lugʼati» chop etildi. Shuningdek, oʼzbek adabiyotining atoqli adiblarining mashhur asarlari urdu tiliga tarjima qilinib, alohida kitob shaklida nashr etildi. Bundan tashqari, Islomoboddagi Zamonaviy tillar milliy universitetida Oʼzbek tili kafedrasi faoliyat yuritmoqda, Bahriya universitetida esa Oʼzbekiston tili va adabiyoti» markazini ochish boʼyicha ishlar davom etayapti.
Islomobod shahridagi Zamonaviy tillar milliy universiteti Oʼzbek tili kafkdrasi oʼqituvchisi Saniya Iskanova oʼz navbatida oʼzbek tilining mintaqa madaniyati va adabiyoti shakllanishiga taʼsiri toʼgʼrisidagi fikrlarini bayon qildi.
– Ushbu tadbirda ishtirok etarkanman, mamlakatimizning shonli tarixi oʼzbek tilining tutgan muhim ahamiyatidan dilda gʼurur va iftixor tuygʼularini his qilmoqdaman. Soʼnggi yillarda mamlakatimiz rahbariyati tomonidan oʼzbek tiliga berilayotgan yuksak eʼtibor uchun barcha oʼzbek tili oʼqituvchilari minnatdorlik bildiradi. Hozirgi zamonaviy dunyodagi jarayonlar barchamizning oldimizga millat kelajagini toʼgʼri tarbiyalash, milliy qadriyatlarni yosh avlodga singdirish kabi muhim vazifalarni qoʼymoqda. Bunda ona tilimiz – bizning qudratli qurolimiz boʼlib xizmat qiladi, – dedi u.
Islomoboddagi Zamonaviy tillar milliy universiteti oʼqituvchisi Mahfuza Hasanova oʼz chiqishida ona tili insonning milliy oʼzligi va maʼnaviy ildizlarini belgilab beruvchi muhim omil ekanini taʼkidlab, xorijda yashash sharoitida ham oʼzbek tilida soʼzlashish, milliy urf-odatlarni saqlash va farzandlarga ona tilini oʼrgatish muhimligini qayd etdi.
U, shuningdek, oʼzbek tilining nufuzini oshirish borasidagi saʼy-harakatlar allaqachon oʼz natijasini berayotganini eʼtirof etdi.
– Hozirda xorijliklar, xususan pokistonlik yoshlar orasida ham oʼzbek tilini, milliy madaniyatimizni oʼrganishga boʼlgan qiziqish ortib bormoqda. Bu bizda nafaqat gʼurur uygʼotadi, shu bilan birga zimmamizga Vatanimizning ijobiy imijini shakllantirish, tilimizning goʼzal qirralarini xorijliklarga toʼliq yetkazib berish borasida ulkan masʼuliyatni ham yuklaydi, – dedi Mahfuza Hasanova.
Oʼtkazilgan tadbir oʼzbek tilining jamiyat hayotidagi oʼrni va ahamiyatini keng targʼib etish, xorijdagi vatandoshlarning milliy oʼzlikka daxldorligini mustahkamlash va Oʼzbekistonning boy madaniy-maʼnaviy merosini xalqaro miqyosda keng namoyon etishga xizmat qildi.
O'xshash yangiliklar
Toshkent–Islomobod yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda
Joriy yilning 26-oktabridan boshlab “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi Toshkent va Islomobod shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Pokiston kompaniyasi rahbari bilan Yangi Toshkentda turar-joy va savdo obʼektlarini barpo etish masalalari muhokama qilindi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik biznes guruhlaridan biri – «Arif Habib Group» asoschisi va bosh direktori Аrif Habib bilan uchrashuv oʼtkazdi.
O‘zbekiston va Pokiston ziyorat turizmi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiradi
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari, Turizm qo‘mitasi vakillari va mamlakatimizning Pokistondagi ziyorat turizmi elchisi Shayx Muhammad Hassan Hasib ur-Rehman o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.