Pokiston kompaniyasi rahbari bilan Yangi Toshkentda turar-joy va savdo obʼektlarini barpo etish masalalari muhokama qilindi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik biznes guruhlaridan biri – «Arif Habib Group» asoschisi va bosh direktori Аrif Habib bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik biznes guruhlaridan biri – «Arif Habib Group» asoschisi va bosh direktori Аrif Habib bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Suhbat avvalida Pokiston tomoni uchun Yangi Toshkent shahrini barpo etishning asosiy maqsadlari, shahar hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil taqdimot oʼtkazildi.
Shundan soʼng, «Arif Habib Group» ishtirokida Oʼzbekistonda, xususan, Yangi Toshkent hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xususan, pokistonlik investorga Yangi Toshkent hududida zamonaviy turar-joy majmualari, biznes va ofis markazlari, savdo va xizmat koʼrsatish obʼektlari hamda boshqa koʼchmas mulk loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini koʼrib chiqish taklif etildi.
Kompaniya rahbari Oʼzbekistondagi investitsiya imkoniyatlarini yuqori baholab, mamlakatimiz bilan hamkorlikni rivojlantirishdan mamnunligini bildirdi. U Yangi Toshkentda koʼchmas mulk va qurilish sohalaridagi istiqbolli loyihalarni oʼrganishga tayyorligini taʼkidladi.
– «Arif Habib Group» Pokistonning Karachi, Lahor va Islomobod shaharlarida yirik qurilish va koʼchmas mulk loyihalarini amalga oshirish boʼyicha katta tajribaga ega, – dedi Аrif Habib. – Shu bois Yangi Toshkent hududida turar-joy, ofis va savdo obʼektlarini barpo etishga qaratilgan investitsiya takliflari ustida ishlashga tayyormiz. Dastlabki bosqichda, qurilish va koʼchmas mulk yoʼnalishlari boʼyicha texnik-iqtisodiy tahlil oʼtkazish, uning natijalari asosida esa ustuvor investitsiya loyihasini shakllantirish rejalashtiryapmiz.
Muzoqaralar yakunida muhokama qilingan investitsiya loyihasini amalga oshirish boʼyicha keyingi qadamlarni belgilab olish maqsadida Yangi Toshkent direktsiyasi rahbariyati bilan muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.
«Arif Habib Group» kapital bozori va qimmatli qogʼozlar, investitsiya bankingi va moliyaviy xizmatlar, mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarish, sement va qurilish materiallari, koʼchmas mulk hamda development sohalarida faoliyat yurituvchi Pokistonning yirik biznes guruhlaridan biri hisoblanadi.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston va Pokiston ziyorat turizmi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiradi
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari, Turizm qo‘mitasi vakillari va mamlakatimizning Pokistondagi ziyorat turizmi elchisi Shayx Muhammad Hassan Hasib ur-Rehman o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Islomobodda «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi – 2027» tashabbusi taqdimot qilindi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
O‘zbekiston–Pokiston tadbirkor ayollari forumi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev ushbu davlatda xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.