Islomobodda «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi – 2027» tashabbusi taqdimot qilindi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
«SES Diplomatic Network» anʼanaviy tarzda diplomatik hamjamiyat vakillari, hukumat va parlament aʼzolari, biznes va sanoat yetakchilari, savdo tashkilotlari, akademik doiralar hamda turli soha mutaxassislarini yagona platformada birlashtirib kelmoqda.
Joriy yilgi forumda Pokiston huqumati va parlamenti aʼzolari,Oʼzbekiston, Ozarbayjon, Janubiy Аfrika Respublikasi, Sudan va Eron elchilari, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari hamda biznes hamjamiyati ishtirok etdi.
Аnjuman davomida Oʼzbekiston–Pokiston oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy va ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» loyihasi taqdim etildi. Mazkur tashabbus ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʼrtasida B2B aloqalarni kengaytirish, oʼzaro biznes delegatsiyalarini tashkil etish, savdo va investitsiya imkoniyatlarini ilgari surish, shuningdek, savdo-sanoat palatalari va boshqa tegishli institutlar oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri hamkorlikni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev oʼz maʼruzasida «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» loyihasining yoʼlga qoʼyilishini qoʼllab-quvvatlashini bildirdi. Mazkur tashabbus biznes delegatsiyalarini tashkil etish, biznes vakillari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri B2B uchrashuvlarini oʼtkazish, savdo-sanoat palatalari va investitsiya institutlari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, investitsiya loyihalari hamda qoʼshma korxonalarni aniqlash, shuningdek, Oʼzbekiston va Pokiston tadbirkorlari oʼrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi amaliy mexanizmga aylanishiga umid bildirildi.
– Pokiston va Oʼzbekiston oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada jadallashtirish uchun katta salohiyat mavjud, – dedi Oʼzbekiston rasmiy vakili. – Xususan, toʼqimachilik, farmatsevtika va sogʼliqni saqlash, qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, charm mahsulotlari va sport anjomlari, qurilish materiallari, poʼlat va metallurgiya, konchilik va geologiya, kimyo sanoati, qayta tiklanuvchi energiya, axborot texnologiyalari, logistika, turizm va koʼchmas mulk sohalari hamkorlikning asosiy yoʼnalishlari va yetakchi tarmoqlari hisoblanadi. Shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo oʼrtasidagi infratuzilma aloqalarini va mintaqaviy transport yoʼlaklarini takomillashtirish muhim.
Bundan tashqari, taqdimot davomida Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasi tegishli vazirliklar, investitsiya institutlari, savdo-sanoat palatalari, hududiy maʼmuriyatlar va Oʼzbekiston kompaniyalari bilan aloqalarni yoʼlga qoʼyish, Pokiston biznes delegatsiyalarining Oʼzbekistonga tashriflarini tashkil etishda amaliy yordam koʼrsatishga tayyor ekani taʼkidlandi.
Tadbir yakunida Oʼzbekiston va Pokiston Savdo-sanoat palatalari va xususiy sektor vakillari oʼrtasida muntazam aloqalarni yanada jadallashtirish, istiqbolli hamkorlik yoʼnalishlarini aniqlash hamda aniq biznes loyihalar va tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish boʼyicha hamkorlikka kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi tashabbusi bilan «Hunarmand» uyushmasi delegatsiyasining Pokistonga tashrifi tashkil etildi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov boshchiligidagi delegatsiyaning Pokistonga amaliy tashrifi tashkil etildi.
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi yurtimizdagi texnikumlarga maxsus kiyimlar va sport anjomlarini taqdim etdi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mamlakatimizdagi 9 ta kasb-hunar texnikumiga beg‘araz grant yordami yuborildi.
Xorijda istiqomat qiluvchi vatandosh yoshlar diqqatiga: Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur tashabbus xorijiy davlatlarda ta’lim olayotgan yosh vatandoshlarimizning ona tilimizga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga qaratilgan.